Kecha bo'lib o'tgan “El Klasiko”dan keyingi matbuot anjumanida “Real” jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan nima uchun Iskoni asosiy tarkibga kiritmaganini aytdi.
“Tarkibni o'zim aniqladim. Bundan nolimayman. Albatta, mag'lub bo'ldik. Juda yoqimsiz, endi nimalarnidir o'zgartirish kerak.
Murabbiy sifatida Iskoni emas, Mateo Kovachichni asosiy tarkibda tushirishga qaror qildim. O'yin esa Iskoga to'g'ri kelmasdi.
Menda ikki rejalashtirilgan o'zgarishlar bor edi. Biroq bular amalga oshmadi. Bir kishi kam bo'lib qolganimizdan keyin Nacho Karimning o'rniga maydonga tushdi”, - deydi Zidan.