«Real» etakchisi Krishtianu Ronalduga jamoa amalga oshirmoqchi bo'lgan ba'zi transfer unchalik yoqmayapti.
Portugaliyalik futbolchi «Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Salohning "Qirollik klubi"ga kelishini istamayapti. Misrlik futbolchining transferi madridliklar uchun 100 million evroga tushishi mumkin. Shuningdek, «Yuventus» hujumchisi Paulo Dibalaning "Real"ga kelishini ham Ronaldu yoqlamayapti.
«Real» yanvar oyining o'zidayoq tarkibni kuchaytirish uchun keng miqyosli transferlarga qo'l urishi kutilmoqda.