"Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tgan "el-klasiko"da qiziq holat yuzaga keldi. Bahsning so'nggi daqiqalarida — qo'shib berilgan kompensatsiya vaqtida "Barselona" uchinchi golga urishga muvaffaq bo'ldi.
Lionel Messi o'ng qanotdan jarima maydonchasiga kirib, golli uzatmani amalga oshirayotgan paytda, uning o'ng oyog'ida butsasi yo'q edi. Argentinalik futbolchi himoyachini aldab o'tayotganida Marselo uning oyoq kiyimini bosib oldi. Natijada Messining butsasi jarima maydonchasi tashqarisida qolib ketdi. Leo golli uzatmani chap oyog'ida berdi.