Angliyaning “Dailystar” nashrining xabariga ko'ra, Madridning “Real” klubi hujumchisi Garet Beyl Bernabeuni tark etib, “Manchester Yunayted” klubiga qo'shilish istagida.
Xabarda aytilishicha, Beyl yozda “qizil iblislar” safiga o'tishni istagan, lekin transfer narxining qimmatligi evaziga ushbu xarid amalga oshmay qolgan.
“Yunayted” Beylning transferi uchun 53 million funt taklif etgan, biroq madridliklar futbolchilari uchun 80 million evro so'rashgan.
Shuningdek, Beyl “Real”da Zinedin Zidan olib borayotgan siyosatdan noroziligi haqida ham xabarda yozilmoqda.
Ma'lumot uchun, Beyl joriy mavsum 8 marta maydonga tushib, 3ta gol urgan.