Madridning “Real” klubi himoyachisi Marselo “Barselona”ga uchralgan mag'lubiyat (0:3) dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Ikkinchi gol va qizil kartochka vazifamizni yanada qiyinlashtirdi. Birinchi bo'limda yaxshi o'ynagan edik.
Hatto, ikkita gol o'tkazib yuborgandan keyin ham gol urish uchun harakat qildik. Ammo o'zingiz ko'rib turibsiz, nimalar bo'lganini.
Endi harakatda to'xtab qolmasligimiz kerak. Ba'zi kunlar omadli ba'zi kunlar omadsiz bo'ladi. Biz Zidan bilan oxirigacha birgamiz.
“Real” futbolchilari uni to'liq qo'llab-quvvatlashadi. Bu erda hech qanday shubha bo'lmasligi kerak. Balki, muxlislar biz Zidan bilan bu yil qo'lga kiritgan sovrinlarimizni esidan chiqarishi mumkin. Lekin bugun bizning tarixiy yurishimiz yakuniga etmadi.
“Real” g'alaba qozonish uchun qo'lidan kelgan ishni amalga oshirdi, ammo “Barselona” gol urishda bizni mag'lub etdi”, – deydi Marselo.