"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu shu haftaga mo'ljallangan London safarini bekor qildi, deya xabar beradi Mirror.
Portugaliya terma jamoasi futbolchisi mushaklarni rivojlantiruvchi SixPad Training Gear stimulyatorining reklama aktsiyasida ishtirok etishi lozim edi.
Firma bayonotida shunday deyilgan: "Buyuk Britaniyada terrorchilik xavfi faollashgani tufayli Ronaldu ishtirokidagi aktsiyalar qoldirilganini afsus bilan ma'lum qilamiz".
Eslatib o'tamiz, 22 may kuni "Manchester Arena"da Ariana Grandening kontsertidan so'ng portlash sodir bo'lgan va 22 kishi halok bo'lgan va 120 kishi jarohatlangan.