“Barselona” hujumchisi Lionel Messi “Real”ga qarshi uchrashuv (3:0) da 8 marta xavfli hujumga assistentlik qildi.
Gap shundaki, madridliklarning jami maydonda harakat qilgan futbolchilari 90 daqiqa davomida shuncha vaziyat yaratishdi.
Ma'lumot uchun, Messi joriy mavsum har bir o'yinda o'rtacha 5,5 marta aniq va xavfli hujumga pas bermoqda. Ushbu ko'rsatkich faqat Ispaniyada emas Evropaning eng kuchli 5 ta chempionatlarida ham yagona bo'lib turibdi.