Ispaniya primerasining 17-turida "Real" va "Barselona" o'rtasidagi klasikoda (0:3) madridliklar o'n kishi bo'lib qoldilar va hujumchi Karim Benzemaning o'rniga himoyachi Xose Ignasio Nacho tushirildi
AS nashriga ko'ra, shundan so'ng madridliklar yarimhimoyachisi Isko maydon chetida mashq bajarishdan bosh tortgan. Isko maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rayotgan Beyl va Asensioni ko'rib, mashq baaradigan huduni tark etgan va zaxira o'rindig'iga o'tirib olgan. Beyl va Asensio bir necha daqiqa o'tib maydonga tushishgan.
Urashuvdan so'ng Isko bu xabarga jiddiy e'tiroz bildirdi: "Safsatani bas qiling, maydonga tushish uchun ikki amoadoshim tayyorgarlik ko'rayotgan edi... ndi to'rtta almashtirish mumkinligini bilmagan edim", - deb yozadi futbolchi Tvitterga.