"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan klasikoda "Barselona"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (0:3) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'yinni yaxshi boshladik, birinchi bo'limda teng o'yin bo'ldi. Biz uchun alamli mag'lubiyat bo'ldi. Bizga hozir juda og'ir, ammo natia shunday, bu futbol.
O'yinga tanlangan tarkib - to'liq o'zimning qarorim. Kovachich Messini qo'riqlash uchun tushgan edi, u buni uddaladi.
Chetlatishlar vaqti-vaqti bilan bo'lib turadi. Qizil kartochka va "Barselona"ning qilgan o'zgarishlari bizga qiyinchilik tug'dirdi.
Ikkinchi bo'limda xato qildik, yomon himoyalandik va gol o'tkazib yubordik. Bunday saviyadagi o'yinlarda hammasini ikir-chikirlar hal qiladi.
Mag'lubiyatdan fojia yasamaymiz. uda og'ir mag'lubiyat, ammo biz nimanidir albatta o'zgartirishimiz kerak. Hech qachon qo'limizni tushirmaymiz.
ndi chempionatda tanafus bo'ladi. Holatimizni o'ylab ko'ramiz, txatolarimizni tahlil qilamiz. Keyin bir muddat oilamiz davrasida bo'lib, ortga qaytamiz. Hali hech narsa hal bo'lgani yo'q".
Transferlar haqida gapirmayman", - deydi Zidan.