Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchisi Xames Rodriges o'zining yangi jamoasidagi ishtiroki haqida gapirdi.
“Ilk mavsumimning yarmidan mamnunman. Yangi yil tanaffusiga yaxshi kayfiyatlar bilan chiqib ketdik. Keyingi yilda ham shunday omadli ishtirok etishga umid qilamiz.
“Bavariya”da barchasi a'lo darajada. Bu erda ko'p yillar o'ynamoqchiman.
“Bavariya” “Real”ga o'xshaydi, ular yuqori darajaga ega. Bu klublar faqatgina sovrinlar yutishni istashadi. Men uchun “Bavariya” – absolyut top-klubdir.
Myunxen menga yoqadi. Biroz sovuqroq, bunga ham ko'nikdim Bunday fantastik shaharda mening yangi hayotim boshlandi”, - deydi Xames.
Kolumbiyalik futbolchi “Bavariya” tarkibida ijara asosida harakat qilmoqda. Uning transfer huquqlari “Real”ga tegishli. U yangi jamoasi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzoladi.