"Real" va "Barselona" klublarining sobiq futbolchisi Luish Figu klasiko oldidan madridliklarni to'liq qo'llab quvvatlashini bildirdi.
"Men "Real" muxlisiman va umid qilamanki u har doim g'alaba qozonadi. Faqat bu o'yinda emas, barcha musobaqalarda. Zidanga kelsak, kelajakda nima bo'lishini bilish qiyin. Uning murabbiy bo'lishini ko'pchilik kutmagan edi. Ammo bu uning tanlovi edi va uning fantastik yo'li bo'ldi. O'ylaymanki, "Real"da uzoq vaqt ishlash uchun unda hamma narsa bor. Umid qilamanki, u Madridda uzoq ishlaydi", - deydi Figu.