"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez yangi jamoasi haqida gapirib o'tdi.
"Men bu yerda o'tgan yarim mavsumimdan qoniqmoqdaman. Biz rojdetsvoga yaxshi natijalar ila chiqib ketdik. Umid qilaman keyingi yilda ham yaxshi natijalar bilan yakunlaymiz. "Bavariya"da hammasi joyida. Bu yerda ko'p yillar o'ynash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. "Bavariya" "Real" kabi yuqori saviyadagi klubdir. Ular har doim sovrin yutishga harakat qilishadi. Men uchun "Bavariya" so'zsiz top klub. Menga Myunxen juda yoqdi. Biroz sovuqroq, biroq men yaxshi moslashib ketdim. Bu yerda yangi xayot boshladim", - deydi Xames.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" "Real"dan Rodrigezni 2 yilga ijaraga oldi va shartnomaga ko'ra "Myunxen" 42 mln yevro evaziga uni sotib olish huquqiga ega.