Chempionlar Ligasi finalidan oldin "Yuventus" hujumchisi Paulo Dybala intervyu berib o'tdi.
"Ikkala jamoada ham dastlabki daqiqalardan imkoniyatlar teng. Biz buyuk jamoaga qarshi o'ynaymiz. Lekin hozir bizning saviyamiz "Real"niki bilan teng. Finalda o'z o'yinimizni ko'rsatishimiz lozim. Agar "Real" kuchli bo'lsa, bizda mustahkam himoya bor. Biz ushbu mavsumdagi so'nggi vazifamizni bajarishimiz kerak xolos. Buning uchun mashg'ulotlarga zo'r bermoqdamiz." - deydi Dybala.