"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodriges hozirgi jamoasida o'zini juda yaxshi his qilayotganini aytdi.
Futbolchining transfer huquqi "Real"ga tegishli bo'lib, u "Bavariya"da iara asosida o'ynamoqda.
"Bavariya"da hammasi zo'r. Shu sababli o'zimni bu erda ko'p yillardan beri o'ynayotgandek sezyapman. "Bavariya" "Real" bilan bir saviyada, bu klublar eng yuqori daraadagi jamoalardir. Ular har doim sovrin uchun kurashadilar va ularni himoya qilishga o'rganganlar.
Menga Myunxen juda yoqadi. Biroz sovuq, ammo men yaxshi moslashdim. Yangi hayot boshladim, Myunxen - fantastik shahar", - deydi Xames.