17 yoshli braziliyalik futbolchi Vinisius Junior chorshanba kuni "Santiago Bernabeu"ga tashrif buyurdi.
Madridliklar ushbu futbolchini "Flamengo"dan 45 mln yevro evaziga xarid qilganidan xabaringiz bor. Xozircha xavbek 18 yoshga to'lmagan va shu sababli Yevropa maydonlarida to'p sura olmaydi.
Braziliyalik futbolchi "Bernabeu"ga do'stlari va oilasi bilan tashrif buyurdi. U "Real' muzeyi va stadionini aylanib chiqdi. Shuningdek, futbolchi shanba kuni "Barselona" bilan o'yindan oldin futbolchilar bilan tanishishni maqsad qilgan.