«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala Chempionlar ligasi finalidan o'rin olgan «Real» klubiga qarshi o'yin haqida o'z fikrini aytdi.
«Biz xotirjammiz, ammo sportchasiga tashnamiz. Chempionlar ligasi finaligacha oz muddat qoldi, ammo jamoa mashg'ulotlarga zo'r bemoqda.
Biz hal qiluvchi bahsga hech narsadan cho'chimagan holda borishimiz shart, avvalgi bosqichlarda xuddi shunday bo'lgan. «Yuventus»ning saviyasi «Real»niki bilan teng, buni hamma biladi» - dedi Dibala klub matbuot xizmati xabarida.