“Barselona” jamoasining sobiq a'zosi Karles Puyol sobiq jamoadoshi Lionel Messi “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan ko'ra ko'proq “Oltin to'p”ga loyiq ekanligini aytdi.
“Individual sovrinlarni egasiga topshirishi borasida qaror chiqarish juda qiyin. Ronaldu va Messi – buyuk futbolchilar.
Ulardan birini tanlash kerak bo'lsa, albatta, Messini tanlayman. U “Oltin to'p”ga munosibroq edi”, - deydi Puyol.
Oldinroq “Atletiko” jamoasi hujumchisi Fernando Torres ham argentinalikni dunyoning eng yaxshisi deb atagandi.