Buyuk Britaniyaning “The Guardian” nashri dunyoning eng kuchli 100 ta futbolchisi ro'yxatini tuzdi. Mazkur ro'yxatda birinchi o'rinni Messi egalladi (6582 ochko). Ikkinchi o'rin esa Ronalduga nasib etdi (6540 ochko). Kuchli uchlikni Neymar yakunlab berdi (5934 ochko).
E'tiboringizga mazkur ro'yxatning kuchli 10 ligini havola etamiz.
1. Lionel Messi («Barselona»)
2. Krishtianu Ronaldu («Real»)
3. Neymar («PSJ»)
4. Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»)
5. Garri Keyn («Tottenxem Xotspur»)
6. Luka Modrich («Real»)
7. Robert Levandovski («Bavariya»)
8. Kilian Mbappe («PSJ»)
9. Toni Kroos («Real»)
10. Eden Azar («Chelsi»).
Mazkur ro'yxatda Messi to'rt marta (2012, 2013, 2015, 2017), Ronaldu esa ikki marta (2014, 2016) etakchi bo'lgan.