«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlardan bo'yin tovlagani uchun jarimaga tortilishi yoki qamalishi mumkinligi haqidagi xabarlardan hayron.
Marca xabariga ko'ra, futbolchining 5 yilga qamalishi mumkinligi haqidagi gap-so'zlar Ronalduni taajjubga solgan.
Avvalroq, Ronaldu Ispaniya soliq idorasidan 8 mln evro daromadni yashirgani va byudjetga 2 mln evro soliq to'lashi lozimligi haqida xabarlar chiqqan edi. Hozir esa Ronaldu 15 mln evro daromadni hisobotda ko'rsatmagani ma'lum bo'lmoqda. Oradagi farq Ispaniya soliq qonunlarida yuz bergan o'zgarishlardan kelib chiqqan.