Braziliyaning “Flamengo” jamoasi 17 yoshli yarim himoyachisi Vinisius Junior payshanba kunida “Santyago Bernabeu”ga tashrif buyurdi.
Oldinroq “Real” futbolchini 45 mln evro evaziga Braziliya jamoasidan xarid qilgandi. Biroq u yozgacha “Flamengo” safida to'p tepadi. Xavbek 18 to'lgan taqdirdagina “Real”ga o'tishi mumkin.
Braziliyalik futbolchi o'z do'stlari va qarindoshlari bilan Madridga uchib bordi. U erda “Real”ning muzeyini tomosha qildi va stadionda rasmga tushdi.
Vinisius shanba kungi “Real” – “Barselona” uchrashuvini stadiondan kuzatib boradi.