Biznesmen Visente Boluda Valens Biznes Assotsiatsiya (AVE) bergan intervyusida yana "Real Madrid" prezidentligiga qaytishga tayyor ekanligini bildirib o'tdi.
"Biznes-xamkorlarim mendan yana "Real Madrid" prezidenti bo'lishimni so'rashdi. Men ularga "Qirollik klubi"da prezident bo'lgan paytimda ajoyib damlarni o'tkazganimni aytib o'tdim. Prezidentlikga keyingi saylovda men o'z nomzodimni qo'yishga qaror qildim", - deydi 62 yoshli biznesmen.
Ma'lumot uchun, Boluda 2009-yil Ramon Kalderon iste'foga chiqarilganidan so'ng vaqtinchalik prezidentlik lavozimida faoliyat olib borgan edi.