"Barselona" hujumchisi Luis Suarez ertaga bo'lib o'tadigan "El Klassiko" oldidan o'zining yana ideal formasiga kirib oldi.
Ushbu mavsumda "El Pistalero" faoliyatidagi eng yomon startni olgan edi, biroq hozirgi kunda u goleadorlik moxaratini ishga solmoqda. Xususan, urguvaylik hujumchisi so'nggi 5 ta o'yinda 6 ta to'p kiritgan bo'lsa, so'nggi 12 kunda 3 ta to'p kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Shu bilan bir qatorda "qurolbardor" La Ligada to'purarlar reytingiga ham kirib oldi. Hozirda u Messi va Zazadan so'ng 3-pog'onada ketmoqda.