“Real” himoyachisi Manu Ernando klub bilan yangi shartnoma imzoladi, deya xabar tarqatdi “Marsa”. Xabarlarga qaraganda, 19 yoshli futbolchining yangi shartnomasi 2021 yilgacha mo'ljallangan.
Ta'kidlash joizki, Ernando “Real” tarkibida hali biror marta ham maydonga tushmagan, biroq Zidan uning iqtidoriga shubha qilmayapti va asosiy jamoaning mashg'ulotlariga jalb qilmoqda.