«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida bo'ladigan «Barselona»ga qarshi o'yin uchun rejani aniqlab oldi.
Diario Gol tarqatgan xabarga ko'ra, mutaxassis Lionel Messini individual ta'qib qilish uchun futbolchi tayinlaydi. Zidan Ispaniya superkubogi doirasida avgust oyida bo'lib o'tgan o'yinda shunday taktikadan foydalangandi. O'shanda Messini Mateo Kovachich "qo'riqlab" yurgandi.
Bu safar esa ta'qibchi vazifasini Kazemiro o'taydi. Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchi Messidan to'pni imkon qadar tezroq olib qo'yishga harakat qiladi. Jamoa himoyalanayotgan paytda Kazemiro Ramos va Varan bilan birgalikda markaziy himoyachiga aylanadi.