"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga qarshi uchrashuv oldidan yakka holda to'psiz mashg'ulot olib bordi.
Marca nashri xabariga ko'ra, bugun portugaliyalik futbolchi to'laqonli mashg'ulotlarga qaytadi.
32 yoshli futbolchi to'pig'ida muammo sezgan edi. U KO'JCh finalida "Gremio"ga qarshi uchrashuvda (1:0) mushaklarini engil shikastlab olgan edi.