"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan jamoasi bilan birga shug'ullanmayapti.
Payshanba kuni, o'yinga ikki kun qolganida portugaliyalik futbolchi to'psiz va yakka holda mashq qilgan.
Xabarga ko'ra, klublar o'rtasida jahon chempiognati finalida "Gremio" bilan uchrashuvdan so'ng (1:0) 32 yoshli futbolchining to'piq mushaklarida muammo sezilgan.
"Real" - "Barselona" uchrashuvi shanba, 23 dekabr kuni bo'lib o'tadi.