Ayni paytda Qatarning «Al-Sadd» klubida faoliyat olib borayotgan «Barselona» sobiq yarim himoyachisi Xavi «el-klasiko»dan olidingi fikrlarini bildirib o'tdi.
«Valverde qo'li ostida «Barselona» ajoyib jamoaviy o'yin ko'rsatmoqda, klubdagi yangi nomlar ham sekin-asta o'zini ko'rsata boshlashdi. Umuman olganda jamoa pozitiv kayfiyatda.
Hozirgi holatni inobatga olsak, kataloniyaliklar klasikoda favorit hisoblanishadi. Mag'lubiyat esa amalda «Real»ni chempionlik poygasidan chiqarib yuboradi.
Ularni yaxshi o'ynayapti deb bo'lmaydi. Ammo klublar o'rtasidagi jahon chempionati turnirida qo'lga kiritilgan g'alaba madridliklardagi ishtiyoq va o'zlariga ishonchni ko'targan bo'lishi ham mumkin.
Valverde jamoasi esa chiroyli, hujumkor o'yin ko'rsatmoqda hamda to'pni nazoratini qo'lga olib, to'psiz paytda raqibga pressing uyushtirishmoqda.
Ko'ramiz, «Real» to'psiz qanday harakat qilarkin, ammo «Barselona» bu uchrashuvda maydonda to'liq hukmronlik qilishi kerak» — deydi Xavi.