"Barselona" yarimhimoyachisi Ivan Rakitich "Real" o'yinchilarining Ispaniya chempionligini qanday nishonlaganlariga munosabatini bildirdi.
Madridlik futbolchilar chempionlikni nishonlay turib, kataloniyaliklar himoyachisi Xerard Pikeni "echki" deb atagan va ularni tabriklashga chaqirgan edilar.
"Jamoa chempionlikni nishonladi va hissiyotlar avj oldi. Ammo "Real" o'yinchilarining Pikega aytgan so'zlari - "Barselona"ning buyukligidan darak beradi. Oxirgi yillarda "Barselona" Evropaning ko'p klub klublaridan ustun keldi va bizga nisbatan bunday hissiyotlarni tuyishlari tabiiy. Ammo bularning hammasi bizga kelasi mavsum uchun motivatsiya beradi", - deydi Rakitich.