Peres Ronaldu borasida bir qarorga keldi. Eslatib o'tamiz, portugaliyalik futbolchi maoshidan norozi bo'lgan va Messi bilan bir xil maosh olishni istashini ma'lum qilgandi.
“Real” prezidenti Ronalduga uning shartnomasini qayta ko'rib chiqishini ma'lum qildi. Peres Ronalduga mavsum oxirida yakuniy qarorga kelishini aytdi.