Mirror xabariga ko'ra, Madridning “Real” klubining besh nafar yulduzi Krishtianu Ronaldu bilan yangi shartnoma imzolanmasligini istamoqda.
Etakchilar bu borada Florentino Peresga futbolchining maoshini oshirmaslikni so'rashmoqchi. Ronalduning ayni damdagi shartnomasi 2021 yilga qadar davom etadi.
Shartnomaning uzayishiga, Serxio Ramos, Toni Kroos, Isko, Garet Beyl va Karim Benzema kabilar qarshilik ko'rsatishmoqda.