"Flamengo" hujumchisi Vinisius Juniorning agenti Federiko Pena "Barselona" uning mijoziga "Real"dan ko'ra ko'proq pul va'da qilganini ma'lum qildi.
"Barselona" "Real"dan ko'ra ko'proq pul taklif qildi, futbolchi ko'proq pul ishlab topishi mumkin edi. Ammo biz "Real" bilan shartnoma imzoladik, chunki unga madridliklarning loyihasi ko'proq yoqdi. Kim Vinisius pul uchun "Real"ni tanlagan, desa, adashadi. Vinisiusga faqat sport nuqtai nazaridan tanlov qildi", - deydi agent.
Futbolchi bilan madridliklar o'rtasidagi shartnoma 2018 yilning iyulidan boshlab kuchga kiradi. 16 yoshli futbolchi 2019 yilgacha "Flamengo" safida o'ynaydi.