“Inter” klubi Mauro Ikardi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu boradagi muzokara yanvarda o'tkazilishi mumkin. Milan klubi Ikardini 2023 yilgacha jamoada olib qolmoqchi, shuningdek, futbolchining tovon pulini 110 mln evrodan 130 mln evrogacha qilib belgilamoqchi. Qolaversa, “Inter” Ikardi uchun bir mavsum uchun 4,5 mln evrodan 7 mln evrogacha maosh to'lashga tayyor.
Dekabr oyining boshida Ikardiga “Real” jiddiy qiziqayotgani haqida xabar tarqalgandi.