Madridning “Real” jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini “qirollik klubi”da yakunlamoqchi.
“Har doim faoliyatimda katta yutuqlarga erisha olishimga ishonganman. “Real“ tarkibida o'ynab, sovrinlar yutish – orzu.
Juda ko'p futbolchilar bunday klubda faoliyatini yakunlashni xohlashadi. Biroq keling biroz kutamiz.
Hozirgi o'yinlarimdan mamnunman. Har doim oldinga qarab intilyapman. Bu mening ishtiyoqim va hayotimning bir bo'lagi.
“Real”da faoliyatimni yakunlamoqchiman. Bunga hech nima halaqit bermaydi. Jamoa rahbari emasman. Biroq o'ylaymanki, o'z ishimni yaxshi bajaryapman. Qolganlar haqida gapira olmayman”, - deydi Modrich.
32 yoshli Modrich “Real” tarkibida 2012 yildan beri harakat qilmoqda.