"Yuventus" himoyachisi Andrea Bartsali EChL finali oldidan uning jamoasida o'ziga bo'lgan ishonch ikki yil muqaddam "Barselona" bilan fianl uchrashuvi paytidagidan ko'ra yuqoriroq.
U vaqtda finalda "Barselona"ning qo'li baland kelgan edi - 3:1.
"Bu safar o'zimizga bo'lgan ishonch yuqoriroq. Biz maydonga chiqamiz, keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz. Bu alohida o'yin, unda har narsa bo'lishi mumkin. O'zaro suhbatlarda doim shu haqida gaplashamiz - Berlindagi finaldan ikki yil o'tib, biz yana finaldamiz", - deydi Bartsali.
"Real" va "Yuventus" o'rtasida EChL finali 3 iyun kuni Kardiffda bo'lib o'tadi.