"Barselona"ning sobiq yarimhimoyachisi Rivaldo kataloniyaliklarning "Real" bilan uchrashuvi oldidan fikrlarini bildirdi.
Klasiko 23 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
"Bunday o'yinlarda favorit bo'lmaydi deb o'ylayman. Buni tasdiqlashim mumkin, chunki, o'zim bir necha marta "Real"ga qarshi o'ynaganman. "Real"ga qarshi o'yinlarda omadim kelgan, "Palmeyras", "Milan", "Olimpiakos" va "Barselona" safida madridliklar darvozasini ishg'ol qilganman. Faqat "Deportivo"da o'ynaganimda ularga gol ura olmaganman", - deydi "Bunyodkor"ning sobiq o'yinchisi.