“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir savob ishga qo'l urdi. U Chili poytaxti Santyagoda bolalar kasalxonasi qurishga homiylik qilmoqda.
32 yoshli futbolchi bu loyihasini “YuNISEF”, “Bolalarni asrang” tashkiloti va italiyalik biznesmen Alessandro Proto bilan hamkorlikda amalga oshiryapti.