Ispaniya moliya vazirligi mamlakat soliq xizmatining "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduga qo'ygan ayblovini qo'llab-quvvatladi, deya xabar beradi Marca.
Organlarning hiobiga ko'ra, futbolchi 2011 dan 2013 yilgacha 600 ming evro miqdorida soliqni to'lamagan, buni jinoiy ish sifatida qabul qilish mumkin. Buning uchun Ronaldu 5 yil muddatga qamoq jazosi hukm qilinishi mumkin.
Ammo moliya vazirligining tan olishicha, agar futbolchi o'z aybini to'liq tan olsa va yashirilgan soliq to'liq holda to'lansa - hukm yumshatilishi mumkin. BU qamoq muddatini 15 oygacha kamaytirilishiga olib keladi. Bundan tashqari surishtiruv ishlarida Ronaldu yuristlarining harakatlari ham nazorat ostiga olinishi mumkin.