"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Karim Benzema "el-klasiko" oldidan tashkil etilgan jamoaning dastlabki mashg'ulotida ishtirok etishmadi. Cadena COPE tarqatgan xabarga ko'ra, bu futbolchilar vaqtni trenajer zalida o'tkazishgan.
Ronaldu va Benzema "Gremio"ga qarshi bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi jahon chempionatining finalida maydonga tushishdi.
Ispaniya La ligasining 17-turi doirasida Real Madrid" – "Barselona" bahsi 23 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.