«Liverpul» klubi o'z yarim himoyachisi Muhammad Salohni «Real»ga sotishga qarshi emas. Calcio Mercato tarqatgan xabarga ko'ra, mersisaydliklar misrlik futbolchini 100 million evroga sotishga tayyor.
Bundan tashqari, angliyaliklar «Real»ga qo'shimcha variantni taklif qilishdi: agar madridliklar Beylni "Liverpul"ga berishsa, Salohning narxi pasaytiriladi. Ammo "Qirollik klubi" bu taklifga rozi bo'lmasa kerak. Boisi, jamoa uelslik futbolchining transferidan 90 million evro ishlab olmoqchi.
Muhammad Saloh ushbu mavsumda Angliya premer-ligasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi. Misrlik futbolchi ushbu mavsumda barcha musobaqalar doirasida jami 20ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.