Madridning "Real" va Kosta-Rika terma jamoasi darvozaboni Keylor Navas KONKAKAFning (Shimoliy Amerika futbol konfederatsiyasi) 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi.
31 yoshli futbolchi terma jamoasiga JCh-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritishga katta xissa qo'shdi. Kosta-Rika termasiga JCh-2018 guruh bosqichida Braziliya, Shveytsariya va Serbiya terma jamoalari raqib bo'ldi.
Klublar darajasida Navas "Real" bilan Chempionlar Ligasi, Ispaniya chempionati, Evropa va Ispaniya superkubogi, Klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi bo'ldi.