Klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali tugaganidan keyin kutilmagan voqea sodir bo'ldi.
Hakam o'yin yakunlanganini e'lon qilgach, ikkita muxlis stadionga yugurib tushdi va Ronalduga hujum qildi. Muxlislardan biri hatto futbolchining yuziga engilgina urishga va qo'lidan tortqilashga ulgurdi. Ikkinchisi ham Ronalduni tortqiladi. Biroq xavfsizlik xizmati xodimlari muxlislarni olib chiqib ketishga ulgurdi.