"Barselona" klubi Ispaniya chempionatida "Deportivo"ga qarshi uchrashuvning (4:0) birinchi bo'limida o'rtalarida jarohat olib maydonni tark etgan hujumchi Pako Alkaserning holati haqida xabar berdi.
24 yoshli futbolchining chap soni mushaklari shikastlangan va u uch haftaga safdan chiqdi. Tiklanish muddati grafik bo'yicha ketsa, u 7 yanvar kuni "Levante"ga qarshi uchrashuvda maydonga qaytishi mumkin.
Shu tariqa Alkaser "Real"ga qarshi klasikoda va 4 yanvar kuni Ispaniya kubogi 1/8 finali doirasida "Selta"ga qarshi uchrashuvlarda ishtirok eta olmaydi.