Madridning “Real” klubi himoyachisi Serxio Ramos jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida iliq fikrlar bildirib o'tdi.
“Krishtianu Ronaldudek hujumchi butun jahonda yo'q. U abadiy afsona bo'lib qoladi. Ishonchim komilki, Ronalduni futbol tarixidagi eng yorqin futbolchi deya eslashadi. Krishtianu bizning asosiy futbolchimiz, uni jamoada xurmati baland.
Benzema? Karim iqtidorli hujumchi. Zidanga kelsak u haqiqatdan ham tajribali ekanligini isbotladi. Bunday murabbiy qo'l ostida ekanligimdan xursandman.
Iqtidorli futbolchilar faoliyatini yakunlagach ba'zida murabbiylik sohasida omadsizlika uchrashadi. Ammo, bu so'zlar Zidanga taluqli emas”, - deydi Ramos.