"Lion" yarimhimoyachisi Nabil Fekir kelajagi haqida o'rtoqlashib o'tdi.
"Barselona"ning qiziqishi haqida:
"Inkor etmayman, lekin hech qanday kelishuv yo'q. Men "Lion"da o'zimni juda yaxshi xis etayapman."
Orzuidagi klub haqida:
"Bu klub emas, Ispaniya chempionatida o'ynashni orzu qilaman, bu yerda katta klublar "Real", "Barselona", "Atletiko" bor. Angliyada ham shuningdek, "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Arsenal".
Kelajagi haqida:
"Futbolda kelajakni oldindan aytib bo'lmaydi. Mening "Lion" bilan shartnomam 2 yilga mo'ljallangan."
Ma'lumot uchun, fransiyalik yarimhimoyachi ushbu mavsumda 14 o'yinda 11 ta gol va 4 ta golga assistentlik qildi.