“Real” yarim himoyachisi Toni Kroosning aytishicha, “Barselona”ga qarshi o'yinda jamoaning kayfiyati a'lo darajada bo'lishi lozim. Mazkur o'yin 23 dekabrda Madridda o'tkaziladi.
“Barselona”ga qarshi o'yindan oldin bizda hech qanday bosim bo'lmasligi lozim. Bu o'yin vaqtida hech narsa kayfiyatimizni buzmasligi kerak. Biz bu o'yin hammasini hal qiladi, degan fikrni unutishimiz lozim”, dedi Kroos.