«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde jarohatidan sog'ayib borayotgan Usmon Dembeleni «Real»ga qarshi kechadigan o'yin uchun qaydnomaga kiritmoqchi emas. Murabbiy hujumchini ehtiyot qilgan holda, uning xizmatlaridan yanvar oyidan boshlab foydalanishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatdi.
Dembele sentyabr oyida jarohat olgandi. Futbolchi Ispaniya chempionati doirasida 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta golga uzatma berdi.
Navbatdagi "el-klasiko" 23 dekabr kuni «Santyago Bernabeu»da bo'lib o'tadi.