«Real» bosh murabbiyi Zayniddin Zidan klublar o'rtasidagi jahon chempionati borasida o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. O'yinga jiddiy yondoshdik va sifatli harakat qildik. Bahs boshidan tashabbusni o'z qo'limizga oldik va g'alabaga munosib o'yin ko'rsatdik.
Men mamnunman. Boisi, futbolchilar oson bo'lmagan ishni amalga oshirishyapti. Bu bizning mazkur mavsumdagi beshinchi sovrinimiz bo'ldi. Jamoam uchun juda xursandman.
Krishtianu o'zini ko'rsatdi. U hech qachon jamoaga pand bermaydi va muhim vaziyatlarda o'yin taqdirini hal qila oladi», – dedi Zidan.