"Real" hujumchisi Alvaro Morata "Milan" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Football Italia.
24 yoshli forvard "Chelsi" va "MYU"ning taklifini kutib o'tirmoqchi emas va "rossoneri"lar bilan kelishib oldi. "Milan" Morataga yiliga 7,5 mln yevro maosh to'lamoqchi, endi jamoa "Madrid" bilan transfer narxini kelishib olsa kifoya.
Eslatib o'tamiz, "Real" Moratani 60 mln yevroga sotishga tayyor.