Xabaringiz bor, EChL nimchorak finalida “PSJ” — “Real” to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Mazkur jamoalar o'rtasidagi o'yinlar juda shiddatli kechishi tayin, chunki ikkala klubning ayni paytdagi kuchi deyarli teng.
Qolaversa, mazkur to'qnashuv bitta murabbiyning iste'fosiga sabab bo'lishi mumkin. Boisi, “PSJ” rahbariyati allaqachon qarorini e'lon qilgan — agar Parij klubi chorak finalga chiqa olmasa, Emeri iste'foga chiqariladi. Buni qarangki, agar “Real” “PSJ” to'sig'idan o'ta olmasa, Peres ham Zidanning o'rniga Konteni olib kelishi mumkin.