Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Ivan Rakitich “Real”ga qarshi “El-Klasiko” uchrashuvi oldidan hazil tariqasida qaysidir jamoa yangi yil bayramini yomon kayfiyatda kutib olishi haqida aytib o'tdi.
“Kimgadir bayram omad keltirmasligi aniq. Yo biz yoki “Real” jamoasidagilar yangi yilni yomon kayfiyatda kutib olishlari aniq.
Albatta, bu hazil. Lekin, biz bu o'yinga har doimgidek jiddiy tarzda tayyorlanamiz.
“Barselona” futbolchilarida Madriddagi stadiondan yorqin xotiralar saqlanib qolgan.
Ishonch bilan aytishim mumkinki, “Barselona” “El-Klasiko” kuni faqat g'alaba uchun o'ynaydi.
“Real”ga qarshi uchrashuv yangi yilga yaxshi kayfiyata o'tishimiz uchun ajoyib imkoniyat bo'ladi. Umid qilamanki, o'ylagan rejamiz va maqsadimizga etamiz”, – deydi Rakitich.
Eslatib o'tamiz, “Real” – “Barselona” uchrashuvi 23 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, “Barselona” Ispaniya La-Ligasining 15-turidan so'ng 39 ochko jamg'arib, jadvalda peshqadam bo'lib turgan bo'lsa, “Real” 31 ochko bilan 4-o'rinni band etib turibdi.
Akmalxon Eshonxonov